Dil ID: 13
Dil Adı: romaina
Dil Kodu: ro3tayfun Produsele mărcii Atlant
Dünyanın En Büyük
Elektronik Bilgi Kütüphanesi



Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
17
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
yoqib-o‘chirish tugmasi MKda “Muzlatish” rejimini yoqish/o‘c-
hirish uchun mo‘ljallangandir. Tugmada ikki belgi mavjud: “I”- yoqish,
“0”-o‘chirish.
2.1.2 Sovutgich 3 rasmiga muvofiq yorug‘lik indikatorlarga ega:
SK va MKni yoqish (yashil rangda). Kameralar yoqilgan vaqtda
doimo yonib turadilar. Kameralarning o‘chirilishida, shuningdek, elektr
quvvati yetkazilishining uzilishlarida so‘nadilar.
Muzlatish” rejimi (sariq rangda). Muzlatish” rejimining
yoqilishida yonadi. Rejimning o‘chirilishi, shuningdek, sovutgich
o‘chirilishida so‘nadi;
MKda oshiqcha harorat ko‘tarilishi (qizil rangda). MKda harorat
ko‘tarilsa, yonadi (masalan, birinchi marta yoqilishida yoki tozalashdan
keyin yoqilsa, katta miqdordagi yangi sarhal oziq-ovqatlar joylashtiril-
sa). Indikatorning qisqa muddatga yonishi (masalan, MK eshigi uzoq
vaqt ochiq qolsa) sovutgichning buzilishidan darak bermaydi: MKda
harorat pasayishi bilan indikator avtomat ravishda so‘nadi. Indikator
uzoq vaqt yoniq qolgan xolatda saqlanayotgan oziq-ovqatlar sifatini
tekshirish va servis xizmati mexanigini chaqirish zarur bo‘ladi.
3 S OV U TG I C H DA N F OY DA LA N I S H
3.1 BIRINCHI MARTA YOQISH
Sovutgichni elektr tarmog‘iga ulash: quvvat yetkazish shnuri
ayrisini rozetkaga tiqish lozim.
SK eshigi ochiladi va muruvatlar “2“ bo‘linmasiga, yoqib-o‘chirish
tugmasi “0” belgisiga qo‘yiladi. SK eshigi yopiladi. Kelgusida, oziq-
ovqatlarni saqlash uchun kameradagi eng maqbul haroratni tanlash
uchun harorat 3.2 bandiga muvofiq sozlanishi lozim bo‘ladi.
Sovutgich yoqilganidan so‘ng 3 rasmiga muvofiq niqobda kame-
ralar yoqilishi yorug‘lik indikatorlari va MKda oshiqcha harorat indika-
tori yonadi. MKda harorat pasayishi bilan oshiqcha harorat indikatori
avtomat ravishda so‘nadi.
3.2 HARORATNI SOZLASH
Harorat 4 rasmiga muvofiq muruvatlar yordamida sozlanadi.
Agar sovutgich sozlangandan yoki foydalanish shartlari o’zgargandan
keyin kompressor to’xtovsiz ishlashni boshlasa, g’ildirakchani raqamli
bo’linishlar kamayishi tomonga haroratni nazorat qiluvchi moslama-
ning chertki berishigacha (ChIQ) burash lozim. Sozlanganidan so‘ng
sovutgichdagi harorat avtomat ravishda ushlab turiladi.
3.3 “MUZLATISH” REJIMINI YOQISH
MKda “Muzlatish rejimini yoqish I” belgisiga yoqib-o‘chirish tug-
masini bosish orqali amalga oshiriladi bunda rejim indikatori yonadi,
“0” belgisiga bosilganda rejim o‘chadi va uning indikatori so‘nadi.
3.4 TOVUSH SIGNALIZATSIYASI
SK eshigi 60 soniyadan ko‘proq ochiq qolsa sovutgichda tov-
ush signalizatsiyasi ishga tushadi. Eshik yopilganidan so‘ng tovush
o‘chadi.
DIQQAT! SK eshigi ochiq qolsa ham tovush signali ishga
tushmaydi, agar kamera o‘chirilgan bo‘lsa.
MK “Muzlatishrejimida ishlayotganida SKning eshigi ochilishi pa-
ytida har safar qo‘shimcha qisqa muddatli tovush signali eshitiladi.
3.5 SK AVTOMATIK ERISH TIZIMI
3.5.1 SKda avtomatik erish tizimi qo‘llaniladi. Kompressor o‘ch-
irilganidan so‘ng SKning orqa devorida paydo bo‘ladigan qirov erish
davri davomida erib, suv tomchilariga aylanadi. Erigan suv tomchilari 5
rasmiga muvofiq ariqchaga, undagi teshik orqali quvurcha bo‘ylab ko-
mpressordagi idishga tushadi va buglanadi. Suv tokish tizimining tiqilib
qolishi oldini olish uchun ariqcha teshigiga simcho‘tka o‘rnatilgan.
Ba’zi xolatlarda qirov kompressor yoqilganidan so‘ng SKning
orqa devorida qolishi mumkin, ammo bu buzilganlik alomati emas.
Qirov sovutgich ishlashida ko‘zda tutilgan kelgusi erish davrlarida
erib ketadi.
3.5.2 Doimiy ravishda (kamida har 3 oyda 1 marta) ariqcha tozal-
igini va ariqchada suv to‘planib qolmaganligini tekshirib turish zarur.
Ariqchada suv to‘planib qolishi suv to‘kish tizimining tiqilib qolg-
anligidan darak beradi. Tiqilganlikni bartaraf etish va suv hech qanday
to‘siqsiz idishga oqib tushishi uchun ariqcha teshigini simcho‘tka bilan
tozalash, simcho‘tkani yuvish va 5 rasmiga muvofiq o‘rnatish lozim.
Sovutgichdan tiqilib qolgan suv to‘kish tizimi bilan foydalanish
TA’QIQLANADI. SK tagida paydo bo‘lgan yoki 5 rasmiga muvofiq,
SK ichki shkafi va ko‘ndalang to‘sin tutashgan joyga tushib qolgan suv
sovutgich tashqi shkafining va sovutish agregati qismlarining chirishiga,
issiqlik izolatsiyasini buzilishiga, ichki shkafda yoriqlar paydo bo‘lishi
hamda sovutgich shkafi ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
3.6 MKni ERITISH VA TOZALASH
MKni eritish vaqtida quyidagilar lozim:
6 rasmiga muvofiq kurakcha va hajmi 2 litrdan kam bo‘lmagan
istalgan idishni o‘rnatib, erigan suvni olib tashlash;
— agar erigan suv kurakchadan tashqarida kameradan oqib tu-
shayotgan bo‘lsa, uni namlikni oson singdirib oluvchi material bilan
yig‘ishtirib olish;
— kamerani yuvish va quruq qilib artish.
Kurakchadan foydalanmagan xolda MKni eritish
TA’QIQLAN-
ADI. Kurakchadan tashqarida MKdan oqib tushayotgan erigan suv 5
rasmiga muvofiq MK ichki shkafi va old taraf plankasi tutashgan joyga
tushib, sovutgich tashqi shkafining va sovutish agregati qismlarining
chirishiga, issiqlik izolatsiyasini buzilishiga, ichki shkafda yoriqlar
5 rasmi — SKdan erigan suvni tushirish chizmasi
niqob
dekorativ qalqoncha
simcho‘tka
ariqcha
naycha
idish
kondensator
kompressor
tayanch
SK ichki shkafi
ko‘ndalang
to‘sin
MK ichki shkafi
old taraf plankasi
MKda haroratni bos-
hqarish muruvati
3 rasmi — Sovutgich niqobi ko‘rinishi
“Muzlatish”
indikatori
MKda oshiqcha harorat
indikatori
SKda haroratni bosh-
qarish muruvati
MK yoqilganligi
indikatori
SK yoqilganligi
indikatori
ko‘rsatgich yoqib-o‘chirish tugmasi
4 rasmi – Haroratni boshqarish
ko‘rsatgich
MKda haroratni
boshqarish muruvati
SKda haroratni
boshqarish muruvati