Dil ID: 12
Dil Adı: portugal
Dil Kodu: pt3tayfun Produtos da Marca Samsung
Dünyanın En Büyük
Elektronik Bilgi Kütüphanesi



O'zbekcha - 23
NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH
Nosozliklarni bartaraf qilish
MUAMMO YECHIM
Muzlatgich umuman
ishlamayapti yoki
harorat juda baland.
Elektr manbasiga ulash kabeli vilkasi to'g'ri ulanganini tekshiring.
Old panelda haroratni boshqarish to'g'ri o'rnatilganmi?
Muzlatgichga quyosh nuri tushib turibdimi yoki yaqin atrofda birorta isitish
manbasi mavjudmi?
Muzlatgichning orqa paneli devorga juda yaqin joylashtirilmaganmi?
G'alati tovushlar
chiqyapti.
Muzlatgichning qattiq va tekis pol yuzasiga o'rnatilganini tekshiring.
Muzlatgichning orqa paneli devorga juda yaqin joylashtirilmaganmi?
Muzlatgichning orqasiga yoki tagiga boshqa buyumlar tushib ketmaganmi?
Shovqin muzlatgich kompressoridan kelyaptimi?
Jihoz ichidan tiqillagan tovush chiqishi mumkin; bu oddiy hol.
Bu tovush turli yordamchi qurilmalar qisilganda yoki kengayganda hosil bo'ladi.
Muzlatgichning old
burchaklari va yon
tomonlarida iliq hamda
ularda suv tomchilari
hosil bo'la boshladi.
Suv tomchilari hosil bo'lishi oldini olish uchun qurilmaning old burchaklariga
issiqqa chidamli trubkalar o'rnatilgan.
Atrofdagi harorat ko'tarilishi bilan bu doim ham samara bermasligi mumkin. Biroq
bu odatdan tashqari hol emas.
Namlik juda baland bo'lgan ob-havo sharoitlarida havo tarkibidagi namlik
jihozning sovuq yuzasiga tekkanda muzlatgichning tashqi yuzasida suiv tomchilari
vujudga kelishi mumkin.
Qurilmadan
suyuqlikning
qultillagan tovushi
eshitilishi mumkin.
Bu muzlatgich ichini sovituvchi sovitish moddasidir.
Muzlatgich ichidan
yomon hid kelyapti.
Muzlatgich ichida aynigan oziq-ovqat mahsulotlari yo'qmi?
Kuchli hidga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, baliq) germetik tarzda
o'rab qo'yilganiga ishonch hosil qiling.
Muzlatgichni muntazam tozalab turing va aynigan yoki aynigani shubha
qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib tashlang.
Muzlatgich devorlarida
muz qatlami hosil
bo'ldi.
Havo almashtirish tirqishlarini muzlatgichga joylashtirilgan mahsulotlar to'sib
qo'ymaganmi?
Havo almashishini yaxshilash uchun mahsulotlar orasida iloji boricha ko'proq joy
qoldiring.
Eshik zich yopilganmi?
Suv tomchilari
muzlatgichning
ichki devorlari va
sabzavotlar atrofida
hosil bo'lyapti.
Tarkibida suv miqdori yuqori bo'lgan mahsulotlar o'ralmagan holda namlik
darajasi yuqoriligicha joylashtirilgan yoki eshik uzoq vaqt davomida ochiq
qoldirilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini o'ralgan yoki germetik idishlarga solingan holda
joylashtiring.
DA68-03008L-01.indb 23 14. 7. 4. �� 1:47